AsosiyJamiyat

DXX O`zbekistonga qo`shni davlatlardan olib kelingan katta miqdordagi giyohandlik moddasini topdi (video)

'DXX O`zbekistonga qo`shni davlatlardan olib kelingan katta miqdordagi giyohandlik moddasini topdi (video)'ning rasmi

DXX matbuot xizmatining xabar qilishicha, giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish doirasida, Davlat xavfsizlik xizmatiniing Surxondaryo viloyati bo`yicha boshqarmasi xodimlari va Chegara qo`shinlari harbiy xizmatchilari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, qo`shni davlathududidan kontrabanda yo`li bilan olib o`tilgan katta miqdordagi narkotik modda topildi. 

Xususan, Muzrabot tumanining chegara hududidano`tuvchi Amudaryo qirg`og`idagi qamishlar orasiga noma`lum shaxslar tomonidan yashirib ketilgan
1 dona polietilen qop topilib, xolislar ishtirokida ko`zdan kechirilganida, uning ichida 10 dona o`ramda giyohvandlik vositasi borligi aniqlandi.

Ekspertiza xulosasiga ko`ra, ushbu o`ramlarda sof vazni 10 kg. 38 gr. bo`lgan “opiy” moddasi borligi ma`lum bo`ldi.

Hozirda holat yuzasidan DXX Surxondaryo viloyati bo`yicha boshqarmasi Tergov bo`limi tomonidan Jinoyat Kodeksining 246-moddasi
2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, ushbu narkotik modda egalarining shaxsiga aniqlik kiritish bo`yicha zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Davlat xavfsizlik xizmatiniing Qashqadaryo viloyati bo`yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda esa“Surxondaryo – Toshkent” yo`nalishida harakatlanayotgan “Neksiya” rusumli avtomashina Ko`kdala tumanida joylashgan “Umakay” YPXmaskanida to`xtatildi.

Denov tumanida yashovchi, 1993 y.t. fuqaro boshqaruvida bo`lgan ushbu avtotransport vositasi ko`zdan kechirilganida, uning salon qismiga yashirib qo`yilgan 935 gr. “opiy” va 200 gr. “gashish”moddalari borligi aniqlanib, prosessual tartibda rasmiylashtirib olindi.

Hozirda mazkur shaxsga nisbatan DXX Qashqadaryo viloyati bo`yicha boshqarmasi Tergov bo`limi tomonidan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar