AsosiyJamiyat

Toshkentda so`nggi 10 kunda 16 449 ta qoidabuzarliklar aniqlandi. Shundan 5 888 tasi qo`pol qoidabuzarliklardir

'Toshkentda so`nggi 10 kunda 16 449 ta qoidabuzarliklar aniqlandi. Shundan 5 888 tasi qo`pol qoidabuzarliklardir'ning rasmi

Toshkent shahar IIBB Yo`l harakati xavfsizligi boshqarmasi shaxsiy tarkibi tomonidan joriy yilning 1-10 avgust kunlari davomida jami 16 449 ta qoidabuzariklar aniqlangan bo`lib, shundan 5 888 tasi qo`pol qoidabuzariklardir. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar qildi.

 Jumladan:

– Transport vositalarini mast holda boshqarish 91 ta;

– Transport vositalarini tegishli hujjatlarsiz boshqarish 714 ta;

– Transport vositasini boshqarish vaqtida haydovchilarning telefondan foydalanishi 379 ta;

– Svetofor talablariga rioya qilmaslik 213 ta;

– Odam tashish qoidasini buzish 511 ta;

– Quvib o`tish qoidasini buzish 197 ta;

– Avariya holatini yuzaga keltirish 34 ta;

– IIOlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik 50 ta.

Shu bilan birga 3.599 nafar qoidabuzar piyodalarga nisbatan ma`muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.

Mazkur davr davomida 35 ta yo`l-transport hodisasi qayd etilgan bo`lib, shundan 28 tasi piyodalar bilan bog`liq.

Shuningdek, Toshkent shahar IIBB hamda YHXB xodimlari tomonidan 22 ta giyohvandlik vositalari, 198 ta sovuq qurol va 3 ta pnevmatik qurol bilan bog`liq noqonuniy harakatlarga chek qo`yilgan.

Poytaxtimizda bu borada ishlar davom etmoqda.

    Boshqa yangiliklar