AsosiyJamiyat

Talabalar uchun beriladigan nomli davlat stipendiyalari ro`yxati yangilandi

'Talabalar uchun beriladigan nomli davlat stipendiyalari ro`yxati yangilandi'ning rasmi

Prezident farmoni bilan talabalar uchun nomli davlat stipendiyalari ro`yxatiga o`zgarishlar kiritildi. Unga ko`ra, barcha fanlardan o`zlashtirish ko`rsatkichlari «a`lo» (ko`pi bilan 25 foizi «yaxshi») bo`lgan hamda ijodiy ishda qatnashadigan bakalavriat ta`lim yo`nalishida o`qiyotgan oxirgi ikki kurs (yuqori kurs) talabalari uchun quyidagi nomli davlat stipendiyalari ta`sis etildi: 

- texnika yo`nalishlarida — Beruniy;

- tibbiyot yo`nalishlarida — Ibn Sino;

- humanitar yo`nalishlarda — Navoiy;

- tasviriy va amaliy san`at hamda dizayn yo`nalishlarida — Kamoliddin Behzod;

- tabiiy yo`nalishlarda — Ulug`bek;

- kinematografiya yo`nalishida — Xudoybergan Devonov;

- tarix va geografiya yo`nalishlarida — Bobur;

- jismoniy tarbiya va sport yo`nalishlarida — Pahlavon Mahmud;

- O`zbekiston xalqaro islom akademiyasida — Imom al-Buxoriy;

- Qoraqalpog`iston Respublikasidagi oliy ta`lim muassasalarida — To`lepbergen Qaipbergenov va Ibroyim Yusupov;

barcha yo`nalishlarda — Islom Karimov nomli.

Shuningdek, belgilanishicha:

- Beruniy, Ibn Sino, Navoiy, Kamoliddin Behzod va Ulug`bek nomli davlat stipendiyalari bakalavriat ta`lim yo`nalishlari bo`yicha yuqori kurslarning har ming nafar talabasiga bittadan;

- Imom al-Buxoriy nomli davlat stipendiyasi O`zbekiston xalqaro islom akademiyasining uch nafar yuqori kurs talabasiga;

- Xudoybergan Devonov nomli davlat stipendiyasi kinematografiya sohasi uchun kadrlar tayyorlovchi har bir oliy ta`lim muassasasining bir nafar yuqori kurs talabasiga;

- Bobur nomli davlat stipendiyasi tarix va geografiya yo`nalishlari uchun kadrlar tayyorlovchi har bir oliy ta`lim muassasasining bir nafar yuqori kurs talabasiga;

- Pahlavon Mahmud nomli davlat stipendiyasi jismoniy tarbiya va sport yo`nalishlari uchun kadrlar tayyorlovchi har bir oliy ta`lim muassasasining bir nafar yuqori kurs talabasiga;

- To`lepbergen Qaipbergenov va Ibroyim Yusupov nomli davlat stipendiyalari Qoraqalpog`iston Respublikasidagi har bir oliy ta`lim muassasasining bir nafar yuqori kurs talabasiga;

- Islom Karimov nomli davlat stipendiyasi har bir oliy ta`lim muassasasining bir nafar yuqori kurs talabasiga tayinlanadi.

    Boshqa yangiliklar