AsosiyJamiyat

"Bir haftada bir bozor, uni ham yomg`ir buzar"

'"Bir haftada bir bozor, uni ham yomg`ir buzar"'ning rasmi

Gidrometeorolog O`zbekistonda asosan yog`inlar dam olish kunlarida kuzatilishi haqidagi qiziq tendensiyaga e`tibor qaratdi.   

Uning qayd etishicha, mamlakatda yog`inlarning (yomg`ir-qor) 70% ga yaqini aynan shanba-yakshanba ya`ni dam olish kunlariga to`g`ri kelar ekan. 

Mutaxassislar o`tkazgan so`rovnomada qatnashganlarning 71 %i yog`inlarning asosiy qismi dam olish kunlariga to`g`ri kelishini ta`kidlagan.  

"Qiziq tomoni, o`tgan asrlarda ham shu tendensiya bo`lgan deyishadi. Bejizga xalqimiz orasida "Bir haftada bir bozor, uni ham yomg`ir buzar" degan naql paydo bo`lmagan",  deydi mutaxassis.

    Boshqa yangiliklar