AsosiyJamiyat

Oltinko`ldagi daryodan 10 yoshli bola jasadi topildi

'Oltinko`ldagi daryodan 10 yoshli bola jasadi topildi'ning rasmi

Andijon viloyati Oltinko`l tumanida daryodan 10 yoshli bolaning jasadi topildi, deya xabar bermoqda Andijon viloyat FVB. 

Ma`lum qilinishicha, 13 avgust kuni soat 17:53 larda Oltinko`l tumanida yashovchi D.A. IIBning “102” qisqa raqamiga murojaat qilib, Oltinko`l tumani hududidan oqib o`tuvchi  “Qoradaryo” daryosidan 10 yoshli o`g`il bola murdasi topilganligini ma`lum qilgan. Olib borilgan surishtiruv natijasida ushbu jasad Oltinko`l tumani “Ors” MFY Yuqori ko`chasida yashagan T.A. ekanligi aniqlangan.

Marhum T.A.ning jasadi sud-tibbiy ekspertizasiga yuborilgan. Viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Navbatchi dispetcherlik xizmatiga suvda cho`kish bo`yicha xabar kelib tushmagan, deyiladi xabarda. 

    Boshqa yangiliklar