AsosiyJamiyat

Hafta davomida kutilayotgan ob-havo ma`lumoti e`lon qilindi

'Hafta davomida kutilayotgan ob-havo ma`lumoti e`lon qilindi'ning rasmi

Sinoptiklar ogohlantirganidek, o`tgan dam olish kunlari O`zbekiston hududiga Ural hududlaridan salqin havo kirib keldi va havo harorati barcha joylarda 29-32o gacha, janubiy hududlarda 34-35 darajagacha pasaydi.

“O`zgidromet”xabariga ko`ra, bugun va ertaga respublika hududi bo`yicha salqin ob-havo saqlanib turadi, harorat kechalari 13-16 daraja, kunduz kunlari 27-32 daraja, janubda 35 darajagacha bo`ladi. Bu avgust oyi o`rtasi uchun me`yoriy qiymatlardan 2-4 darajaga pastdir.

Hafta o`rtasidan salqin havo massasi respublika hududidan asta-sekin chekina boshlaydi, havo harorati ko`tariladi va hafta oxiriga kelib, kechalari 17-20 daraja, kunduz kunlari 34-37 daraja atrofida bo`ladi.

Ushbu kunlarda hududning katta qismida quruq va kam bulutli ob-havo saqlanib turadi, faqat Farg`ona viloyatining ayrim tog`li hududlarida bugun kechga tomon qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin.

14-15 avgust kunlari respublika bo`yicha ba`zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to`zon bilan kuzatiladi.

Poytaxtda: 14-18 avgust kunlari havo kam bulutli bo`ladi. Bugun va ertaga harorat 29-32 daraja bo`ladi, so`ng 34-37  darajagacha asta-sekin ko`tariladi. Hafta boshida harorat kechasi va ertalab 13-16o, hafta oxiriga kelib 17-20 daraja bo`ladi. Shamol sharqdan birozdan o`rtachagacha esadi.

    Boshqa yangiliklar