AsosiyJamiyat

Toshkentda ikkita chinor noqonuniy kesildi. Tabiatga 200 million so`mdan ortiq zarar etkazilgan

'Toshkentda ikkita chinor noqonuniy kesildi. Tabiatga 200 million so`mdan ortiq zarar etkazilgan'ning rasmi

Toshkent shahar Ekologiya boshqarmasi xodimlari tomonidan daraxt kesishga oid navbatdagi qonun buzilishi holati aniqlandi.

O`rganish natijasida Yunusobod tumani 7-mavzesi, "Astrobod" MFY hududida Sirdaryo viloyati, Sirdaryo shahrida faoliyat yurituvchi mebel ishlab chiqarishga ixtisoslashgan MChJ rahbari ikki nafar ishchi yollab, ikki dona chinor daraxtini kestirgani ma`lum bo`ldi.  

Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 22 avgustdagi 464-son qarori 4-ilovasiga asosan, tabiatga 204 mln 105 ming so`m zarar etkazilganligi aniqlandi.

Tegishli hujjatlar holatga huquqiy baho berish va kerakli chora-tadbirlarni ko`rish maqsadida huquqni muhofaza qilish organlariga yuborildi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar