AsosiyJamiyat

18 yoshli haydovchi YTHda halok bo`ldi

'18 yoshli  haydovchi YTHda halok bo`ldi'ning rasmi

Toshkent viloyati Qibray tumanida sodir bo`lgan yo`l-transport hodisasi oqibatida 18 yoshli haydovchi halok bo`ldi. Bu haqda viloyat Yo`l harakati xavfsizligi boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi. 

Qayd etilishicha, joriy yilning 11 avgust kuni soat taxminan 15:00 atrofida Qibray tumani hududidan o`tgan 4R6 “Toshkent-Chirchiq-Chimyon” avtomobil yo`lining 10-kilometrida haydovchilik guvohnomasiga ega bo`lmagan 18 yoshli M.Z. onasiga tegishli bo`lgan Spark rusumli transport vositasida harakatlanib ketayotgan vaqtida yo`lning xavfli burilish qismida boshqaruvni yo`qotib, yo`l chetidagi daraxtga urilgan.

Oqibatda haydovchi olgan tan jarohatlari tufayli voqea joyida vafot etgan. Shuningdek, avtomobilning old o`rindig`ida bo`lgan 18 yoshli yo`lovchi tuman markaziy shifoxonasiga yotqizilgan. 

Mazkur YTH bo`yicha Qibray tumani IIB xodimlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar