AsosiyJamiyat

Sergelida yo`lovchi avtobusi beton ustunga borib urilishi natijasida YTH sodir bo`ldi. Jabrlanganlar bor (video)

'Sergelida yo`lovchi avtobusi beton ustunga borib urilishi natijasida YTH sodir bo`ldi. Jabrlanganlar bor (video)'ning rasmi

Joriy yilning 14 avgust kuni soat 15.40 larda Sergeli tumanida yo`lovchi avtobusi  boshqaruvini yo`qotib beton ustunga borib urilishi natijasida yo`l transport hodisasi sodir bo`lgan. Bu haqda  IIBB YHXB xabar berdi.

Ma`lum qilinishicha, hodisa 4P-21 yo`lining 5-kilometrida  1973 yilda tug`ilgan  I.B. boshqaruvida bo`lgan davlat raqami 01 850 ZJA  belgili Saz-Le 60 rusumli avtobusda sodir bo`lgan.  

"Toshshahartransxizmat" AJning ma`lum qilishicha, avtobus bilan bir yo`nalishda harakatlanayotgan tirkamali yuk mashinasi avtobusning yo`nalishiga halaqit berishi natijasida,  haydovchi avtobusni avval o`ng tarafdagi stolbaga, so`ng yo`lni ajratuvchi betonli to`siqga urilishi natijasida yo`l-transport hodisasi sodir etilgan.

Yo`l transport hodisasi natijasida  avtobus haydovchisi 1973 yilda tug`ilgan I.B. va 3 nafar yo`lovchilari;

1983 yilda tug`ilgan B.F.

2021 yilda tug`ilgan M.A.

2012 yilda tug`ilgan A.F.lar tan jarohat olib shifoxonaga murojaat qilgan.

Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB  xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar