AsosiyJamiyat

Ohangaronda ekoinspektor kaltaklanishi ortidan jinoyat ishi qo`zg`atildi

'Ohangaronda ekoinspektor kaltaklanishi ortidan jinoyat ishi qo`zg`atildi'ning rasmi

Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi Ohangaron tumani inspektoriga xizmat vaqtida tan jarohati etkazilgani haqida xabar bergan edik.  Bosh prokuratura matbuot xizmati mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilganini ma`lum qildi.

Bosh prokuratura axborotiga ko`ra, Toshkent viloyati ekologiya atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o`zgarishi boshqarmasi Ohangaron tumani inspeksiyasi mas`ul xodimi M.A. fermer xo`jaligidagi dala maydonida xizmat vazifasini bajarayotgan vaqtida ushbu mahallada yashovchi fuqaro F.O`. uni urib tan jarohati etkazib, xizmat guvohnomasi hamda ish hujjatlarini tortib olib, hujjatlariga shikast etkazgan.

Mazkur holat yuzasidan Ohangaron tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 219-moddasi (hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko`rsatish) va boshqa moddalar bilan jinoyat ishi qo`zg`atildi.

Ushbu jinoyat ishi bo`yicha dastlabki tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar