AsosiyJamiyat

Jurnalist va operatorni kaltaklagan "Ko`prikqurilish" korxonasi xodimiga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atildi

'Jurnalist va operatorni kaltaklagan "Ko`prikqurilish" korxonasi xodimiga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atildi'ning rasmi

Joriy yilning 14 avgust kuni Toshkent xalqaro aeroportiga olib boruvchi yo`l o`tkazgich qurilishi ob`ektida ishlayotgan “O`zbekiston temir yo`llari” AJ tasarrufidagi “67-sonli Ko`prikqurilish” otryadida katta ish boshqaruvchi lavozimida ishlovchi N.E. Zo‘rTV telekanali muxbiri va tasvirchisiga nisbatan xizmat faoliyati vaqtida haqoratli so`zlar bilan tasvirga olish ishlariga to`sqinlik qilgani va kuch ishlatib ularga tan jarohati etkazganligi haqida xabar bergan edik.

Janjal natijasida N.E. “Zo’r” TV muxbiri V.N.ning chap qosh qismiga hamda operator Y.S.ning burun qismiga tan jarohat etkazganligi aniqlangan.

Toshkent shahar sog`liqni saqlash bosh boshqarmasining 7-son shahar klinik shifoxonasining birlamchi ma`lumotnomasida fuqaro Y.S. burun suyagida siljimasdan yopiq sinish jarohati borligi ko`rsatilgan.

Shuningdek, o`zaro janjal natijasida tasvirga olish uchun foydalanilgan "Sony-280" rusumli videokamera moslamasi quloqchini va mikrofoniga shikast etkazilganligi ma`lum bo`ldi.

Mazkur holat yuzasidan E.N.ga nisbatan JKning 277-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar