AsosiyJamiyat

Farg`onada Cobalt, Spark va Nexia ishtirokida YTH sodir bo`ldi

'Farg`onada Cobalt, Spark va Nexia ishtirokida YTH sodir bo`ldi'ning rasmi

Farg`ona viloyati Oltiariq tumanida Spark hamda Cobalt mashinalari ishtirokida yo`l-transport hodisasi sodir bo`ldi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Jamoat xavfsizligi xizmati Yo`l harakati xavfsizligi boshqarmasi axborot xizmati ma`lum qildi. 

Aytilishicha, Farg`ona viloyati Oltiariq tumani hududidan o`tgan 4R-112 “Farg`ona xalqasi” avtomobil yo`lida harakatlanayotgan Spark mashinasi haydovchisi qayrilish uchun yo`lning ikkinchi bo`lagidan asosiy qismiga o`tishni rejlashtirgan. Shu payt Sparkning ortidan kelayotgan Nexia haydovchisi unga yo`l berish uchun tezlikni pasaytirgan.

Ayni paytda avtomobil ortidan kelayotgan Cobalt avtomobili oraliq masofani saqlamaganligi sababli dastlab Nexia, so`ngra Sparkga borib urilishi oqibatida Spark ag`darilib ketgan. YTH sababli Spark mashinasida bo`lgan ikki nafar yo`lovchi engil tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.

Hozirda Oltiariq tumani ichki ishlar boshqarmasi YHXG tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib bormoqda.

    Boshqa yangiliklar