Ijtimoiy tarmoqlarda bir guruh yigitlar yo`l harakati qoidalarini qo`pol ravishda buzib harakatlangani aks etgan video tarqaldi.
IIV Axborot xizmatining xabar berdi.
Ushbu holat Samarqand viloyatida yuz bergani ma`lum bo`ldi.
Aniqlanishicha, manyovr qilgan yigitlarning ichida o`sha kuni to`yi bo`layotgan kuyov ham bo`lgan. U to`y kuni o`rtoqlari bilan shoshmashosharlik qilib, keskin harakatlar sodir qilgan.
Ta`kidlanishicha, haydovchilarga nisbatan qonunda belgilangan tartibda ma`muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.






