Toshkentdagi AQSh elchixonasi Diversity Visa (Green Card) g`olib bo`lganlarga murojaat yo`lladi.
Green Card g`oliblarini viza suhbati vaqtida soxta hujjatlarni taqdim etish, viza uchun bir umrlik cheklov olishga sabab bo`lishi mumkinligi haqida ogohlantirdi.
"O`zingizni, viza uchun bir umrlik rad etilish xavfi ostida qoldirmang. Viza olish uchun murojaat vaqtida, soxta hujjat yoki yolg`on ma`lumot taqdim etishni tavsiya qilayotgan uchinchi shaxslarga ishonib qolmang", - deyiladi xabarda.






