AsosiyJamiyat

Uchta xalqaro aviakompaniyalar O`zbekistonga aviaqatnovlar uchun ruxsatnoma oldi

'Uchta xalqaro aviakompaniyalar O`zbekistonga aviaqatnovlar uchun ruxsatnoma oldi'ning rasmi

Hindistonning IndiGo, Polshaning LOT Polish Airlines va Malayziyaning Malindo Airways aviakompaniyalari O`zbekistonga muntazam aviaqatnovlarni amalga oshirish uchun ruxsatnoma oldi. Bu haqda “O`zaviasiya” agentligi xabar berdi.

O`zbekiston va tegishli davlatlar o`rtasida havo qatnovi to`g`risidagi hukumatlararo bitim asosida “O`zaviasiya” agentligi tomonidan bir qator aviatashuvchilarga O`zbekistonga muntazam parvozlarni amalga oshirish uchun Ekspluatasion ruxsatnomalari berildi.

Ular quyidagilar:

— Hindistonning IndiGo aviakompaniyasiga Dehli -Toshkent-Dehli yo`nalishida A-320NEO va A-321 NEO havo kemalarida;

— Polshaning LOT Polish Airline aviakompaniyasiga Varshava- Toshkent-Varshava yo`nalishida Boing-737-8MAX havo kemasida;

— Malayziyaning Malindo Airways aviakompaniyasiga Kuala Lumpur — Toshkent-Kuala Lumpur yo`nalishida A-330 havo kemasida.

    Boshqa yangiliklar