AsosiyJamiyat

Endi tarixiy ob`ektlar bor ko`chalarga 5 tonnadan ortiq bo`lgan yuk mashinalari kiritilmaydi

'Endi tarixiy ob`ektlar bor ko`chalarga 5 tonnadan ortiq bo`lgan yuk mashinalari kiritilmaydi'ning rasmi

Endilikda tarixiy madaniy meros ob`ektlari joylashgan ko`chalarga og`irligi 5 tonnadan ortiq bo`lgan yuk mashinalari qo`yilmaydi. Bu haqda Hukumatning tegishli qarori qabul qilindi.

Qarorda keltirilishicha, chiqindi to`plash hamda ikkilamchi xomashyoni qabul qilish shoxobchalari moddiy-madaniy meros ko`chmas mulk ob`ektlarining qo`riqlanadigan chegaralaridan tashqarida joylashtiriladi.

Shuningdek, moddiy-madaniy meros ko`chmas mulk ob`ektlari hududida qattiq maishiy chiqindilarni vaqtinchalik to`plash va saqlash joylari binolar fasadining transport hamda piyoda tranzit kommunikasiyasi ko`rinmaydigan zonasida tashkil etiladi.

    Boshqa yangiliklar