AsosiyJamiyat

Boshlang`ich sinf darsliklari yangidan tayyorlandi

'Boshlang`ich sinf darsliklari yangidan tayyorlandi'ning rasmi

Davlatimiz rahbarining belgilab bergan vazifalari ijrosini ta`minlash maqsadida joriy yilning 14-17 avgust kunlari Toshkent shahrida “Boshlang`ich sinflarda o`qitishning zamonaviy metodikasi” mavzusida boshlang`ich sinf o`qituvchilari uchun malaka oshirish kursi tashkil etilmoqda.

Malaka oshirish kursida respublikamizning barcha hududlaridan tashrif buyurgan 300 dan ortiq ilg`or pedagoglar va metodistlar hududiy trenerlar sifatida ta`lim olishmoqda. Aynan ular joylarda o`qituvchilarni zamonaviy usullar bo`yicha kaskad usulida tayyorlashlari kerak bo`ladi.

To`rt kunlik kurs davomida darslik mualliflari va ilg`or amaliyotchi o`qituvchilar tomonidan hududiy trenerlarga boshlang`ich sinflarda fanlarni o`qitish metodikasi, o`quvchilar natijalarini baholash, bunda fanlararo integrasiyani ta`minlash kabi mavzularda mashg`ulotlar tashkil etiladi.

Ta`kidlash joizki, yangi darsliklar ta`lim oluvchilarda 21 asr ko`nikmalarini shakllantirishda "4K" modelini (kritik fikrlash, kreativlik, kollaborasiya, kommunikasiya) qo`llash orqali o`quvchilarda tanqidiy fikrlash, ijodiy yondashuv, jamoada ishlash va muloqot ko`nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan.

Ushbu kurs Ta`limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi, Maktabgacha va maktab ta`limi vazirligi hamda Abdulla Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti hamkorligida tashkil etildi.

    Boshqa yangiliklar