AsosiyJamiyat

Qashqadaryoda o`qituvchilarni maktab remontiga jalb qilgan direktor 33 mln so`m jarimaga tortildi

'Qashqadaryoda o`qituvchilarni maktab remontiga jalb qilgan direktor 33 mln so`m jarimaga tortildi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqda Qashqadaryo viloyati Koson tuman 20-sonli maktab direktori o`qituvchilarga majburiy maktabni remont qildirayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Kambag`allikni qisqartirish va bandlik vazirligi munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, mazkur holat Qashqadaryo viloyati Kambag`allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat nazorati inspeksiyasi tomonidan o`rganilgan.

Aniqlanishicha, Koson tumani 20-umumiy o`rta ta`lim maktabi direktori tomonidan o`qituvchi va ishchi xodimlar ta`mirlash ishlariga jalb qilingan.

Shu sababli, tashkilot rahbariga nisbatan MJtKning 51-moddasi 2-qismiga asosan BHMning 100 baravari, ya`ni 33 mln so`m miqdorida ma`muriy jarima qo`llanildi.

    Boshqa yangiliklar