"Tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish tizimi soddalashtirilganligi munosabati bilan O`zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritish to`g`risida"gi Hukumat qarori qabul qilindi
Qarorga ko`ra:
- yangi import avtomobillar faqat yuridik shaxslar - ishlab chiqaruvchi korxonalarning rasmiy dilerlari tomonidan sotilishi bekor qilinadi;
- elektr energiyasini elektr ta`minoti shartnomasida belgilangan hajmlardan (oylik shartnomaviy miqdordan) ortiqcha iste`mol qilgan yuridik shaxslarga elektr energiyasi etkazib berishni to`xtatib qo`yish amaliyoti tugatiladi;
- tadbirkorning ustav fondini (ustav kapitalini) kamaytirish to`g`risida qaror qabul qilinganda, kreditorlarni yozma ravishda xabardor qilish va ommaviy axborot vositalarida bu haqda e`lon berish talabi bekor qilinadi;
- soliq to`lovchilarga soliq organlarining sayyor soliq tekshiruvlari va soliq auditi natijalari bo`yicha qabul qilgan qarorlari ustidan to`g`ridan-to`g`ri sudga shikoyat qilish huquqi beriladi.
15.08.2023 20:04
Import avtomobillarni faqat ularning rasmiy dilerlari tomonidan sotilish talabi bekor qilindi






