AsosiyJamiyat

Toshkent viloyatida Spark haydovchisi chiqindi uloqtirgani uchun qariyb 1 mln so`m jarimaga tortildi

'Toshkent viloyatida Spark haydovchisi chiqindi uloqtirgani uchun qariyb 1 mln so`m jarimaga tortildi'ning rasmi

Toshkent viloyati Yangiyo`l tumanida Spark haydovchisi chiqindi uloqtirgani uchun qariyb 1 million so`m jarimaga tortildi. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o`zgarishi vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Unga ko`ra, Yangiyo`l shahri, “Navro`z” MFY hududida chiqindi tashlash bilan bog`liq navbatdagi huquqbuzarlik sodir bo`ldi. Holat Ekologiya vazirligi Dispetcherlik va onlayn monitoring markaziy boshqarmasi tomonidan o`rnatilgan kuzatuv kameralariga muhrlandi. 

Holat o`rganilganida 1993 yilda tug`ilgan fuqaro X.A. Spark’da belgilanmagan hududga noqonuniy chiqindi tashlangani aniqlandi. Holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 91-moddasi, 1-qismi bilan ma`muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. U 990 000 so`m miqdorida jarimaga tortildi.

    Boshqa yangiliklar