Kecha, 15 avgust kuni Energetika vazirligi huzuridagi “O`zenergoinspeksiya” tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar va elektr ta`minoti korxonalari mutaxassislari bilan hamkorlikda Toshkent viloyatida o`tkazilgan nazorat tadbirlari davomida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi. Xususan:
- Quyi Chirchiq tumani, “Sergeli” MFYda joylashgan “Sanfa Engineering Co LTD” MChJ elektr tarmog`iga noqonuniy ravishda ulanganligi va buning natijasida davlat manfaatlariga 226 mln 366 ming 296 so`m (335 ming 357 kVt·soat);
- Quyi Chirchiq tumani, “Sergeli” MFYda joylashgan “LYXKS Transport” MChJ elektr tarmog`iga noqonuniy ravishda ulanganligi natijasida davlat manfaatlariga 24 mln 836 ming 760 so`m (55 ming 192 kVt·soat);
- Toshkent tumani, “Kengsoy” MFYda joylashgan “Oltin Shoh Global” MChJ elektr tarmog`iga noqonuniy ravishda ulanib, davlat manfaatlariga 88 mln 695 ming so`m (197 ming 100 kVt·soat) miqdorida zarar etkazganligi aniqlandi.
Dastlabki hisob-kitoblarga ko`ra, mazkur uchta holatda davlat manfaatlariga etkazilgan zarar miqdiri 339 mln 531 ming 760 so`m (587 ming 649 kVt·soat)ni tashkil etgan.
Ma`lumot uchun: ushbu hajmdagi elektr energiyasi 2 ming 938 ta xonadonning bir oylik iste`molini tashkil qiladi.
Hozirgi vaqtda aniqlangan holatlar yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o`rnatilgan tartibda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.