AsosiyJamiyat

Import qilinadigan dori vositalari va tibbiyot buyumlari uchun bojxona yig`imi bekor qilindi

'Import qilinadigan dori vositalari va tibbiyot buyumlari uchun bojxona yig`imi bekor qilindi'ning rasmi

Dori vositalari va tibbiyot buyumlarini import qilishda bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig`im bekor qilinadi. Prezident farmoni bilan ayrim normativ-huquqiy hujjatlarga o`zgartirishlar kiritildi. Unga ko`ra: 

2024 yil 1 yanvardan alohida davlatlardan olib kiriladigan mahsulotlarning muvofiqligini majburiy baholashdan ozod etish tartibi bekor qilinadi;

2024 yil 1 yanvardan import tovarlarni davlat tilida markirovka qilish tartibiga o`zgartirish kiritiladi;

2025 yil 1 yanvardan dori vositalarini va tibbiyot buyumlarini import qilishda bojxona qiymatining 1,2 foizi miqdorida bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig`im bekor qilinadi.

Shuningdek, quyidagilarni nazarda tutuvchi takliflar ishlab chiqiladi:

2023 yil 1 oktyabrgacha tovarlarni import qilish uchun lisenziya berish jarayonini avtomatlashtirish (raqamlashtirish) bo`yicha;

2024 yil 1 yanvargacha transport xarajatlarini kompensasiya qilish uchun subsidiya berish tizimini Jahon savdo tashkiloti talablariga moslashtirish bo`yicha;

2023 yil 1 noyabrgacha tovarlarni «eksport» va «import» bojxona rejimlariga rasmiylashtirish uchun undiriladigan bojxona yig`imlari stavkalarini Jahon savdo tashkiloti talablariga muvofiq birxillashtirish bo`yicha.

    Boshqa yangiliklar