Navoiy viloyati DXX, Ichki ishlar hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamenti viloyat boshqarmalari xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o`tkazilgan. Bu haqda UzA xabar berdi.
Tadbir davomida fuqaro J.Ch. qizi 2023 yilda tug`ilgan B.D.ni boshqa bir fuqaroga 90 mln so`mga sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo`lga olingan.
Hozirda unga nisbatan JKning 135-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.






