AsosiyJamiyat

Sirdaryodagi ariqdan qizil suv oqmoqda

'Sirdaryodagi ariqdan qizil suv oqmoqda'ning rasmi

Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o`zgarishi vazirligi Sirdaryo viloyati boshqarmasining ishonch telefoniga Mirzaobod tumani markazida qizil rangli sassiq suv oqayotganligi to`g`risida murojaat kelib tushgan.

Boshqarma matbuot xizmati xabariga ko`ra, ushbu murojaat yuzasidan Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o`zgarishi vazirligi viloyat boshqarmasi Mirzaobod tumani inspeksiyasi hamda Mirzaobod tumani Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo`limi xodimlari tomonidan o`rganish ishlari olib borilgan.

"O`rganish davomida zovur suvidan analiz uchun namunalar olindi. Natijasi bo`yicha qo`shimcha ma`lumotlar murojaatchiga yuboriladi", — deyiladi boshqarma rasmiy bayonotida.

    Boshqa yangiliklar