"Lan" to`foni Yaponiyaning Xonsyu orolining g`arbiy va markaziy qismlariga etib keldi, deya yozmoqda Zamon.uz.
Bo`ron kuchli yomg`ir va shiddatli shamolni olib keldi. Kansay xalqaro aeroportida kamida 20 kishi tan jarohati oldi, 600 dan ortiq kishiga yordam ko`rsatilgan. Vakayama prefekturasida ko`chki xavfi tufayli 26 mingdan ortiq aholi evakuasiya qilindi. To`fon munosabati bilan temiryo`l aloqalari to`xtatildi, 800 dan ortiq reyslar bekor qilindi.






