AsosiyJamiyat

"Bu yil 100 mingga yaqin 9-sinf bitiruvchilari kasb-hunar maktablariga borishi rejalashtirilgan"

'"Bu yil 100 mingga yaqin 9-sinf bitiruvchilari kasb-hunar maktablariga borishi rejalashtirilgan"'ning rasmi

Yoshlarni kasbga tayyorlash, ularni munosib ish o`rinlari bilan ta`minlash bugungi kunning dolzarb masalasi. Buning uchun mustaqil hayotga qadam qo`yayotgan har bir shaxs kamida bir yoki ikkita hunar egasi bo`lishi kerak. Albatta, bunda maktab va kollejlarning o`rni katta. Xo`sh, bugungi kunda maktab o`quvchilarining kasbga yo`naltirish, ularni hunarli va ishli qilish masalalari qanday yo`lga qo`yilgan? Maktabgacha va maktab ta`limi vazirligi O`quvchilarni kasbga yo`naltirish boshqarmasi boshlig`i o`rinbosari Abdukamol Mamadaliev shu xususidagi savollarimizga javob berib, ba`zi raqamlarni ochiqladi.

O`zbekistonda maktab bitiruvchilari kasbga yo`naltiriladimi?

– Albatta, biz uchun har bir yoshning kelajagi muhim. Ularni hayotda o`rnini topishi, munosib ish faoliyati bilan shug`illanishi uchun barcha harakatlarni qilayapmiz. Masalan, Respublika bo`yicha tajriba sinov tariqasida 2023 yil 1 fevraldan boshlab, 42 ta tuman (shahar)da jami 126 ta maktabda 64 ta ishchi kasblar, 21 ta tadbirkorlik yo`nalishlari hamda 10 ta IT va “kreativ industriya” yo`nalishlari bo`yicha 9,8 ming nafar o`quvchilar kasbga o`rgatildi. 

Hududlarda maktab bitiruvchilari uchun “Ta`lim va kasb-2023” xalqaro ko`rgazmasini tashkil etildi. Ko`rgazmaga 50 dan ortiq xorijiy oliy ta`lim muasssasa vakillari, 80 mingga yaqin maktab bitiruvchilari jalb etildi.

Sohada xalqaro va mahalliy hamkorlik yo`lga qo`yilganmi?

– Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) bilan “O`zbekiston professional ta`lim tizimida islohotlar va zamonaviylashtirish jarayonlarini qo`llab quvvatlash” loyihasi doirasida hamkorlik memorandumi imzolanib 2 marotaba Respublika seminari o`tkazildi.

Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan hamkorlikda IT sohasi bo`yicha kadrlar tayyorlovchi yurtimizdagi etakchi oliy ta`lim muassasalari ishtirokida “Maktab bitiruvchilari uchun IT universitetlar va imkoniyatlar” mavzusida onlayn muloqot tashkil etildi.

Ishlab chiqarish, xizmat ko`rsatish va agrotexnologiya yo`nalishidagi korxona va tashkilotlarga 34 mingga yaqin ekskursiyalar tashkil etilib 616 ming nafardan ortiq o`quvchilar qamrab olindi. 

Bitiruvchi o`quvchilarining kasbga bo`lgan qiziqishini yanada oshirish maqsadida “Kasb va yoshlar” ochiq muloqot oyligi o`tkazilib 562 989 nafar umumta`lim maktab o`quvchilarining 716 ta professional ta`lim muassasalariga tashrifi tashkil etildi.

Maktab bitiruvchilariga qanday kasblar o`rgatilmoqda?

–Bu yil umumiy o`rta ta`lim maktablarining 9-sinfini576 ming, 11-sinfni 391 ming nafar o`quvchi tamomladi. Bitiruvchilarni kasblar va kasb o`qitish muassasalari bilan yaqindan tanishtirish maqsadida joriy yil aprel-may oylarida "Kasb va yoshlar" oyligi tashkil etildi. 

Barcha umumta`lim maktablaridan 740 ming nafardan ortiq bitiruvchilar 646 ta professional ta`lim muassasalariga tashrif buyurib, 100 dan ortiq kasb turlari bilan tanishdi.

Bu yil 100 mingga yaqin 9-sinf bitiruvchilari kasb-hunar maktablariga borishi rejalashtirilgan.

    Boshqa yangiliklar