AsosiyDunyo
9672

Bola onasi bilib qolmagunga qadar har kun maktabga ikki kishilik tushlik olib bordi. Sababi...

O`quv yilining boshidan Dilan ismli bola onasidan bitta buterbrod o`rniga ikkita berishni so`rardi. AQShlik Jozet Dyuran o`g`lidan buning sababini so`ramadi, shunchaki buni o`g`lining ishtahasi zo`rligiga yo`ydi. Ammo kunlarning birida u bu haqda so`rashga qaror qildi: «Bolam, to`yib ketmayapsanmi?» Bola shunday javob berdi: «Bu bitta bola uchun. U tushlikka uyidan hech narsa olib kelmaydi, menimcha ularning puli yo`q».

Jozet o`g`lining bu harakatidan lol qoldi. Aniqlanishicha, o`g`lining do`stining oilasida katta qiyinchiliklar yuzaga kelgan: ona o`g`lini yolg`iz tarbiyalaydi, buning ustiga u yaqinda ishini yo`qotgan va juda qiyin ahvolda qolgan. Bu hodisa Jozetni to`lqinlantirib, o`zini bir necha yil oldin dahshatli ahvolga tushib qolganini eslatdi. U yolg`iz ona bo`lib, boshqa uy ijaraga olishga qurbi etmay, qandaydir vaqt mashinada yashab yurgan. O`g`lini esa jamoat hojatxonalarida yuvintirishga majbur bo`lgan.

U boshqa savol bermadi, shunchaki o`g`liga ikkinchi odam uchun tushlik tayyorlab berishni davom ettirdi. Kunlarning birida uni maktabga direktorning oldiga chaqirishdi. O`sha erda u o`g`lining do`stining onasi bilan tanishdi. Dilanning do`stining onasi bu holatdan xabar topib, unga minatdorchilik bildirish uchun chaqirtirgan. «Mening o`g`limni ovqatlantirib yurganingizni bilaman va buning uchun sizdan minatdorman. Hozir men ish topdim», — bolaning onasi Jozetga pul uzatdi.

Lanch-boksda onaning xati: «Yoqimli ishtaha, bolalar!»

Biroq u pulni olmadi. Bundan tashqari o`g`lining harakati unga saboq bo`ldi va u ham bu yo`lda nimadir qilishi mumkinligini tushunib etdi. Voleybol jamoasidagi dugonalari bilan ular $ 400 yig`ishdi va maktab oshxonasidagi moddiy imkoniyati cheklangan oilalarning bolalariga tushliklar pulini to`lab berishdi.

«Seni yaxshi ko`raman, o`g`lim! Sen bilan fahrlanaman! Doim o`zing to`g`ri deb bilgan yo`lni tut! Sening muxlisang».

Jozetning hatti-harakatidan OAV xabar topdi va uning ishtirokidagi rolik butun internet olamini zabt etdi. 

Yoningizdagi odamlarga yordam bering, mehr ulashib yashang!

Boshqa yangiliklar