Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi “Ayritom” chegara bojxona postining “kirish” avtopaviloniga qo`shni davlatdan O`zbekiston Respublikasiga o`tish uchun kirib kelgan fuqaro R.U. boshqaruvidagi avtotransport vositasi bojxona nazoratidan o`tkazildi.
Natijada, avtotransport vositasining yoqilg`i baki ichki tomoniga yashirilgan hamda aksiz markasi bilan markalanmagan umumiy qiymati 51 mln. so`mlik jami 2040 quti tamaki mahsulotlari borligi aniqlandi. Bu haqda Davlat Bojxona qo`mitasi xabar berdi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.