AsosiyJamiyat

Jizzaxda ko`chatlar qurib qolganligi sababli Obodonlashtirish boshqarmasi bo`lim boshlig`iga jarima solindi

'Jizzaxda ko`chatlar qurib qolganligi sababli Obodonlashtirish boshqarmasi bo`lim boshlig`iga jarima solindi'ning rasmi

Jizzax viloyati Ekologiya boshqarmasi Baxmal tumani bo`limi xodimlari tomonidan navbatdagi reyd tadbiri o`tkazildi.  

Reyd davomida Baxmal tumani Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan "Fidokor" MFY hududiga "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida ekilgan 1332 tup manzarali ko`chatlarning 450 tupi suvsizlik natijasida qurib qolganligi ma`lum bo`ldi.

Aniqlanishicha, bu bilan "O`simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to`g`risida"gi Qonunning 4,24,32-moddalari talablari buzilgan.

Holati yuzasidan tuman Obodonlashtirish boshqarmasi bo`lim boshlig`iga MJtKning 79-moddasi 3-qismiga asosan BHMning 10 barobari – 3 million 300 ming so`m miqdorida jarima belgilandi.

    Boshqa yangiliklar