1

O`zbekiston merganlari Ozarbayjonda "Parij-2024" yo`llanmalari uchun kurashadi

Sport 16.08.2023, 20:44
O`zbekiston merganlari Ozarbayjonda "Parij-2024" yo`llanmalari uchun kurashadi

Bugundan Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida o`q otish sporti bo`yicha kattalar o`rtasidagi jahon chempionati boshlandi, deb  xabar bermoqda "Dunyo" AA.

Milliy Olimpiya  qo`mitasi ma`lumotiga ko`ra, mazkur dunyo birinchiligidaO`zbekiston terma jamoasi ham ishtirok etadi. Jahon chempionatida yurtimiz sharafini pnevmatik miltiqdan o`q otish dasturida Vadim Skorovarov, Javohir Sohibov, Muxtasar Toxirova, pnevmatik to`pponchadan o`q otish bahslarida  esa Muhammad Kamolov, Vladimir Svechnikov, Veniamin Nikitin, Sitora Ergashbaeva himoya qiladi.

1 sentyabrga qadar davom etadigan musobaqada 101 mamlakatdan 1200 nafardan ziyod sportchi g`oliblik uchun bahs olib boradi.

Ahamiyatlisi, mazkur musobaqada Olimpiya dasturlarida Parij-2024 lisenziyalari ham o`ynaladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1