AsosiyJamiyat

Toshkent viloyatida 4 mingdan ziyod ko`chmas mulk manzili o`zgardi

'Toshkent viloyatida 4 mingdan ziyod ko`chmas mulk manzili o`zgardi'ning rasmi

Toshkent viloyatida 4176 ta ko`chmas mulk manzili o`zgardi. Bu haqda viloyat Kadastr boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Unga ko`ra, Kadastr agentligi Ko`chmas mulk obektlari manzillari yagona reestri shakllantirilishi va yuritilishi uchun mas`ul organ hisoblanadi. Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmalari esa manzillarning mavjudligini belgilash, o`zgartirish, bekor qilish subektlari hisoblanadi.

Bugungi kunga qadar Toshkent viloyatida 4,176 ta ko`chmas mulk manzili o`zgargan. Eng ko`p manzil o`zgarishi quyidagi tumanlarda qayd etilgan:

Bo`stonliq tumani - 589 ta;
Yuqori Chirchiq tumani - 553 ta;
O`rta Chirchiq tumani - 508 ta;
Ohangaron tumani - 359 ta.

    Boshqa yangiliklar