Issiqlik tarmog`ining zulfinlaridagi avariyaviy ta`mirlash ishlari tufayli 17 avgust kuni Toshkent shahri Yunusobod tumanining ayrim joylarida issiq suv o`chiriladi. Bu haqda Veolia Energy Tashkent ma`lum qildi.
Issiq suv etkazib berish vaqtincha to`xtatilgan manzillar:
- S-2, S-4, S-5, S-6 mavzelari;
- Niyozbek yo`li, Osiyo, Arifov, Amir Temur ko`chalari (qisman).
Qayd etilishicha, issiq suv ta`minotini qayta tiklash, ta`mirlash ishlari tugallanishi bilanoq amalga oshiriladi (taxminan soat 23:00 gacha).
"Veolia Energy Tashkent vaqtinchalik noqulayliklar uchun oldindan uzr so`raydi va o`z tomonida issiq suv ta`minotini tezroq qayta tiklash bo`yicha zarur choralarni ko`radi", — deyiladi xabarda.






