AsosiySalomatlik
5586

Yurak va buyrakka foydali qoqilar

O`rik qoqisi  (turshak)

Yurak qon tomirlari uchun foydali qoqi. Tarkibida kaliy va antioksidantlar bor. Muntazam iste`mol qilinganida organizmni xolesterindan tozalaydi. Shuningdek, quritilgan o`rik qoqisi qalqonsimon bez xastaliklari va qandli diabetga ham foydali.

Ananas

Quritilgan sitrus mevasining qoqisi kaliy, magniy, temir, ruh va V vitaminiga boy hisoblanadi. Ovqat hazm qilish faoliyati bilan muammosi bo`lganlar ananas qoqsidan iste`mol qilishlari tavsiya etiladi.

Baqlajon

Ichaklardagi tiqinlarni tozalashda quritilgan baqlajon tavsiya etiladi. Bu poliz ekini tarkibida boshqa sabzavotlarda uchramaydigan vitamin va elementlar bor. Shunga ham uning foydali hususiyati yuqori baholanadi.

Banan

Yurak, buyrak, jigar, suyaklar, tish va miya faoliyati uchun zarur bo`lgan kaliy bor tarkibida. Quritilgan bananni bir kunda 4-5 tagacha eyish mumkin. Shirinlik o`rnida bolalarga tavsiya etiladi.

Olcha

Quritilgan olcha diqqatni jamlashda yordam beradi. Bir kunda bir siqim olcha qoqisidan iste`mol qilish kifoya. Chekishni tashlamoqchi bo`lganlarning olcha qoqisini ermak qilib eyishi tamakiga bo`lgan qaramlikdan halos bo`lishda yordam beradi. 

Boshqa yangiliklar