Hukumat qarori ayrim normativ huquqiy hujjatlarga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritildi. Bu haqda Huquqiy axborot xabar bermoqda.
Shunga ko`ra, 2024 yil 1 yanvardan:
- qonun hujjatlari buzilganligi uchun vakolatli davlat organlari tomonidan ushlangan transport vositalarini saqlash xizmatlarini ko`rsatuvchi yuridik shaxslar Jamoat xavfsizligi departamenti Yo`l harakati xavfsizligi xizmatining Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali ochiq tanlov asosida tanlab olinadi;
- ushlangan transportlarni to`xtash joylariga olib kelish, joylashtirish, saqlash, hisobini yuritish va olib chiqib ketishga ruxsat berish “Jarima maydonchasi” axborot tizimi orqali amalga oshiriladi;
- transportlarni to`xtash joylariga olib kelish (tashish) hamda saqlash bo`yicha ko`rsatiladigan xizmatlar uchun to`lovlarning cheklangan miqdorlari joylardagi hokimliklar tomonidan belgilanadi.
“Jarima maydonchasi” axborot tizimi orqali, jumladan:
- ushlangan, to`xtash joylariga joylashtirilgan va olib chiqishga ruxsat berilgan transportlar ro`yxati yuritiladi;
- transportlarni to`xtash joylaridan olib chiqish uchun barcha to`lovlar (jarima maydonchasi va huquqbuzarlik uchun jarimalar) elektron amalga oshiriladi.
Mazkur axborot tizimi 2023 yil 1 noyabrgacha ishlab chiqiladi.
Shuningdek, 2023 yil 1 dekabrgacha YHXXning yagona axborot tizimi ushlangan transportlarni saqlash xizmatlarini ko`rsatuvchi yuridik shaxslarni ochiq tanlov asosida elektron tanlab olish imkoniyatini yaratish maqsadida takomillashtiriladi.
Qaror rasmiy e`lon qilingan kundan e`tiboran 3 oy o`tgach kuchga kiradi.
17.08.2023 13:01
“Jarima maydonchasi” axborot tizimi ishlab chiqiladi






