Operator qarzlarni to`lamagani uchun mamlakatni oziqlantirgan ikkita issiqlik elektr stansiyasini o`chirib qo`yganidan so`ng Livan elektrsiz qoldi. Yaqin Sharq davlati aholisi soat 17.00 dan beri elektr ta`minotisiz qolmoqda. Bu haqda zamon.uz xabar bermoqda.
Ikkita issiqlik elektr stansiyasi Livan uchun yagona elektr energiyasi manbai edi. Ular jami 550 MVt ishlab chiqaradi. Elektr uzilishidan keyin mamlakat zulmatga botdi, suv nasos stansiyalari va boshqa infratuzilmalar ishlamay qoldi.
Operator 11 avgust kuni elektr energiyasini o`chirib qo`yish bilan tahdid qilgan, biroq Livan rasmiylarining iltimosiga ko`ra u qarzni to`lash uchun vaqt bergan.
Shunga o`xshash hodisa 2021 yili mamlakatda yoqilg`i tanqisligi sababli sodir bo`lgan edi.






