Statistika agentligi ma`lumotlariga ko`ra, 2023 yilning yanvar-iyun oylarida 3,1 mln nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda O`zbekistonga tashrif buyurgan.
2023 yilning yanvar-iyun oylarida O`zbekiston Respublikasiga kelgan chet el fuqarolarining safar maqsadlari quyidagicha:
— qarindoshlarni yo`qlash – 2,6 mln kishi
— dam olish – 339 ming kishi
— xizmat yuzasidan – 62 ming kishi
— davolanish – 32,2 ming kishi
— tijorat – 23 ming kishi
— o`qish maqsadida – 5 ming kishi
17.08.2023 15:17
6 oyda 32 ming nafardan ortiq xorijliklar davolanish maqsadida O`zbekistonga kelgani ma`lum bo`ldi






