Prezident Administrasiyasi rahbari lavozimi tugatildi. Bu haqda deb xabar bermoqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma`lum qilinishicha, Prezidentning tegishli farmoni bilan Prezident Administrasiyasi rahbari lavozimi tugatildi hamda Administrasiyaning tuzilmasiga bir qator o`zgartirishlar kiritildi.
Eslatib o`tamiz, Prezident Administrasiyasi rahbari Sardor Umurzoqov vazifasidan ozod etilib, prezident maslahatchisi lavozimiga tayinlandi.
Shuningdek, Sunatulla Xusanovich Bekenov O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi rahbarining yordamchisi lavozimidan, Furqat Jalolovich Raximov O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasining Ijro etuvchi apparati tahliliy materiallarni tayyorlash va Administrasiya bo`linmalari faoliyatini muvofiqlashtirish sho``basi mudiri lavozimidan ozod etildi.






