AsosiyJamiyat

Tan olish kerak, bundan buyon ham oson bo`lmaydi — Shavkat Mirziyoev

'Tan olish kerak, bundan buyon ham oson bo`lmaydi — Shavkat Mirziyoev'ning rasmi

Prezident Shavkat Mirziyoev tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o`tkazmoqda. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Tadbir avvalida davlatimiz rahbari faol tadbirkorlarga yuksak davlat mukofotlarini topshirdi. Ayni paytda Prezident mamlakatimizda tadbirkorlikni rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalar to`g`risida nutq so`zlamoqda. 

“Turli ziddiyatlar tufayli logistika va mahsulot etkazib berish zanjirining uzilgani, hamkor mamlakatlar valyutasining qadrsizlangani, global miqyosdagi yuqori inflyasiya oqibatida moliyaviy resurslarning qimmatlashgani kabi omillar ta`sirini tadbirkorlarimiz juda yaxshi bilishadi. 

Tan olish kerak, bundan buyon ham oson bo`lmaydi. Yo`l qo`yilgan kamchiliklardan to`g`ri saboq chiqarib, faqat oldinga intilsak, bizning mehnatkash xalqimiz, ishbilarmon tadbirkorlarimiz har qanday mashaqqatni albatta engib o`tadi, men bunga ishonaman”, - dedi davlatimiz rahbari nutqining avvalida.

Bunday murakkab sharoitda muammolarni bevosita biznes vakillarining o`zidan eshitib, ularga birgalikda echim topish va bu orqali tezkorlik bilan qaror qabul qilish eng to`g`ri yo`l ekanligi qayd etildi.

 

    Boshqa yangiliklar