AsosiyJamiyat

Kichik biznes markazlari ko`magida loyiha tashabbuskori va yirik davlat korxonalari bilan kooperasiya aloqalari o`rnatiladi

'Kichik biznes markazlari ko`magida loyiha tashabbuskori va yirik davlat korxonalari bilan kooperasiya aloqalari o`rnatiladi'ning rasmi

Kichik biznes markazlari ko`magida loyiha tashabbuskori va yirik davlat korxonalari bilan kooperasiya aloqalari o`rnatiladi. Bunda yangi korxonalarda zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish, xodimlar malakasini oshirish va mahsulotini realizasiya qilishga markazlar yordam beradi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Shu bilan birga ushbu korxonalarga davlat xaridlari tizimida o`zi ishlab chiqargan mahsulotlarni 2 yil davomida to`g`ridan-to`g`ri shartnoma bilan sotishga ruxsat beriladi.

Shuningdek, kichik biznes markazlarini boshqarishga xususiy sheriklar jalb qilinadi. Ushbu tadbirkorlarga “Biznesni rivojlantirish banki”ga ulushdor bo`lib kirish huquqi beriladi.

Shuningdek, markazlarga xorijiy mutaxassislar olib kelinadi. 

Bunda biznes-konsultant, muhandis-texnolog, dizayner, mehmonxona boshqaruvchisi, marketolog, agronom, veterinar, urug`shunos kabi xorijdan jalb qilingan mutaxassislarga O`zbekistonda ishlash uchun ruxsatnoma berish muddati hozirgi 1 yildan 3 yilga uzaytiriladi. Ishlashga ruxsatnoma to`lovi esa hozirgi 10 million so`mdan 330 ming so`mga tushiriladi. Ularga hududiy mehnat organidan ishga jalb etish maqsadga muvofiqligi to`g`risida xulosa olish talab qilinmaydi.
 

    Boshqa yangiliklar