Prezident iqtisodiyotimizning yangi texnologiya va innovasiyalarga asoslangan, sifatli hamda raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqaradigan muhim bo`g`ini – o`rta biznes ekanligini ta`kidladi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Lekin hozir o`rta biznes uchun sharoitlar etarli emasligi qayd etildi.
Shu bois, kichikdan o`rta biznesga o`tish istagida bo`lgan tadbirkorlarni qo`llab-quvvatlash bo`yicha ham yangicha yondashuvlarni yo`lga qo`yiladi.
Biznesni qo`llab-quvvatlash bo`yicha mavjud jamg`armalarning faoliyati ham, ishlash usuli ham tubdan o`zgaradi.
Endilikda Tadbirkorlik jamg`armasi xizmat ko`rsatish, “yashil” va energiya samarador loyihalarga moliyaviy yordam ko`rsatishga, Sanoatni rivojlantirish jamg`armasi esa sanoat loyihalari uchun mas`ul bo`ladi.
Jamg`armalarni boshqarishga malakali xorijiy menejerlar olib kelinadi.
Ushbu jamg`armalar byudjet mablag`lari bilan cheklanib qolmaydi, ularga mustaqil investisiya jalb qilish vakolati beriladi. Bu orqali kelgusi bir yilda ushbu jamg`armalar o`rta biznes uchun qo`shimcha 1 milliard dollar mablag` olib keladi.
18.08.2023 13:32
Biznesni qo`llab-quvvatlash bo`yicha mavjud jamg`armalarning faoliyati ham, ishlash usuli ham tubdan o`zgaradi






