AsosiyJamiyat

Prezidentimiz yuqori daromadli korxonalarni ko`paytirish maqsadida yangi tashabbusni ilgari surdi

'Prezidentimiz yuqori daromadli korxonalarni ko`paytirish maqsadida yangi tashabbusni ilgari surdi'ning rasmi

Xalqaro konsultantlarni jalb qilgan holda elektrotexnika, to`qimachilik, charm-poyabzal, zargarlik, qurilish materiallari, mebelsozlik, polimer, kimyo va oziq-ovqat sanoati bo`yicha 140 ta tayyor loyiha ishlab chiqildi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Bugun ochiq muloqotda ishtirok etayotgan tadbirkorlarga “140 ta ilg`or sanoat korxonasi” loyihalari taqdimot qilindi.

Ushbu loyihalarning jami qiymati 10 milliard dollarga teng bo`lib, ularda 60 mingta ish o`rinlarini yaratish, yiliga 5 milliard dollarlik mahsulot ishlab chiqarish hamda 2,5 milliard dollarlik eksport qilish ko`zda tutilgan. 

Mazkur 140 ta loyiha elektron platformaga qo`yilib, tadbirkorlarga ochiq-oshkora shartlar asosida taklif qilinmoqda.

Davlatimiz rahbari tadbirkorlarni ushbu dasturda ishtirok etishga chaqirdi. Ular qiziqish bildirsa, hozirdayoq shartnoma tuzilishi mumkinligini, joyi ham, mablag`i ham, infratuzilmasi ham hozirning o`zida hal qilinishi ta`kidlandi.

Dasturga kirgan korxonalarga Sanoatni rivojlantirish jamg`armasi hisobidan 10 yil muddatga past foizli kreditlar ajratiladi.

 

    Boshqa yangiliklar