AsosiyJamiyat

Prezident soliq tizimidagi korrupsiya holatlaridan xabari borligini ta`kidladi

'Prezident soliq tizimidagi korrupsiya holatlaridan xabari borligini ta`kidladi'ning rasmi

Prezident sodda soliq ma`murchiligi va byurokratiyasiz qulay muhit yaratish borasida muhim tashabbuslarni ilgari surdi. 

“Sizdek shijoatli, ishbilarmon, tashabbuskor va fidoyi tadbirkorlarimiz safi karra-karra kengayishidan barchamiz birdek manfaatdormiz.

Shu bois biz tadbirkorlarga soliq yukini ko`paytirish emas, balki ularni qo`llab-quvvatlash orqali soliq bazasini kengaytirish hisobiga byudjetga tushumlarni oshirish yo`lidan borayapmiz.

O`tkazilgan so`rovlarda 62 foiz tadbirkorlar soliq sohasidagi islohotlarni ijobiy baholagan.

Lekin biznes vakillari soliq tizimidan, soliqchilar faoliyatidan qanchalik rozi?

Murakkab soliq ma`murchiligi, biznesga ortiqcha aralashish va tizimdagi korrupsiya holatlarining barchasidan xabarim bor”, - dedi davlatimiz rahbari.

Soliq tizimi tubdan isloh qilinib, soliq idoralari xodimlarining yondashuvlari butunlay o`zgartirilishi ta`kidlandi. Soliq ma`murchiligi ham soddalashadi.
 

    Boshqa yangiliklar