Hozirgi tadbirkorlarni xavf guruhiga kiritish tizimi yopiq bo`lib, intizomli soliq to`lovchilar ham qaysidir hamkori qachonlardir xato qilgan bo`lsa, uning uchun ham javob bermoqda. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar bermoqda.
O`tkazilgan so`rovlarda qo`shilgan qiymat solig`i to`lovchilarning 70 foizi ushbu soliqni qaytarishda soliq uzilishi koeffisientini qo`llash, ya`ni “tax gap” tizimi adolatsiz ekanini bildirgan.
Soliq tizimidagi korrupsiya bilan bog`liq shikoyatlar haddan tashqari ko`payib ketgani ham aynan “tax gap” bilan bog`liq.
Endilikda, 1 oktyabrdan boshlab, qo`shilgan qiymat solig`ini qaytarishda soliq uzilishi koeffisientini qo`llash amaliyoti, ya`ni “tax gap” bekor qilinadi.
Shu bilan birga, Savdo-sanoat palatasi, Biznes-ombudsman soha vakillari bilan birga tadbirkorlarning ochiq-oshkora reytingini joriy qiladi.
Bunda, kelgusi yil 1 yanvardan boshlab reytingi yuqori korxonalar:
- barcha turdagi soliq tekshiruvlaridan ozod qilinadi;
- ularga qo`shilgan qiymat solig`ining ortiqcha qismi bir kunda qaytarib beriladi;
- qo`shilgan qiymat solig`i to`lovchisi guvohnomasini vaqtinchalik to`xtatib turish amaliyoti bekor qilinadi.
18.08.2023 10:01
Qiymat solig`i to`lovchilarning 70 foizi “tax gap” tizimi adolatsiz ekanini bildirdi






