Tadbirkorning soliq idoralari bilan bo`ladigan barcha nizolari ma`muriy sud vakolatiga o`tkaziladi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Shuningdek, tadbirkorlarning to`g`ridan-to`g`ri sudga shikoyat qilishidagi har qanday cheklovlar olib tashlanadi.
Soliq bo`yicha tadbirkorlarga nisbatan da`vo kiritish muddati hozirgi 5 yildan 3 yilga tushiriladi.
Bundan tashqari, soliq yoki kredit qarzini undirish bo`yicha sud qarori chiqarilganda, penya va foizlar hisoblash to`xtatiladi.
Hozirgi kunda tadbirkorlar 140 dan ortiq hisobot doirasida 8 mingga yaqin ko`rsatkichlarni 16 ta davlat idorasiga topshirishga majbur. Oqibatda 500 ming tadbirkor har yili bunday turli hisobotlarni tayyorlashga 300 milliard so`m sarflamoqda.
Shu bois 2024 yil 1 yanvardan boshlab:
- bir-birini takrorlovchi va eskirgan hisobotlar tugatiladi;
- barcha hisobotlarni yagona elektron tizim orqali taqdim etish yo`lga qo`yilib, ularning qog`oz shakli bekor qilinadi (hozirda 15 foiz hisobotlar qog`ozda topshiriladi).






