So`nggi etti yildagi soliq islohotlari, tadbirkorlarga berilgan engillik va imtiyozlar natijasida ularning ixtiyorida 120 trillion so`mdan ziyod mablag` qoldi. Mana bugun ham juda katta qulayliklar berilmoqda. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar bermoqda.
“Xalqimizda “qars ikki qo`ldan chiqadi”, degan gap bor.
Hozirgi kunda mamlakatimizda “xufiyona iqtisodiyot”ning ulushi 40 foiz atrofida. Biz to`g`ri ishlayotgan, ish o`rni yaratayotgan, ilg`or texnologiyalar joriy qilib, yangi mahsulotlarni o`zlashtirayotgan, eksportini oshirayotgan biznes vakillari uchun barcha sharoitlarni qilib berishga tayyormiz.
Lekin soliqlardan qochib, o`zining majburiyatlarini bajarmasdan kelayotgan qo`shtirnoq ichidagi tadbirkorlarga biz albatta murosasiz bo`lamiz.
Shu bois tadbirkorlarimiz o`zlari ham bosh bo`lib, bunday “nopok” ishbilarmonlar saflarida bo`lishiga yo`l qo`ymasa, o`ylaymanki, “xufiyona iqtisodiyot” ulushini karra-karra qisqartiramiz”, - dedi davlatimiz rahbari.
Kelgusi yillar uchun belgilab olgan reja va dasturlarimizni amalga oshirish oson bo`lmasligi, lekin hayot sinovlarida toblangan, so`zida ham, ishida ham qat`iy, mard va tashabbuskor tadbirkorlarimiz bor ekan, ko`zlangan marralarga albatta erishilishiga ishonch bildirildi.
Ayni paytda davlatimiz rahbari tadbirkorlar bilan ochiq muloqotda ularning fikr va takliflarini tinglamoqda.
18.08.2023 15:36
Prezidentimiz tadbirkorlarga alohida murojaat bilan chiqdi






