AsosiyDunyo

Trampning himoyachilari uning sud jarayonini 2026 yilga qoldirishni so`ramoqda

'Trampning himoyachilari uning sud jarayonini 2026 yilga qoldirishni so`ramoqda'ning rasmi

AQShning sobiq prezidenti Donald Trampning himoyachisi suddan Kapitoliyga bostirib kirish bo`yicha sud jarayonini 2026 yilda boshlashni so`ramoqda, deya yozmoqda Zamon.uz. 

Avvalroq Tramp 2024-yilgi saylov kampaniyasi tugaguniga qadar sud qilinmasligi kerakligini aytgandi. Kapitoliyga bostirib kirish ishida prokuror suddan jarayonning tezlashtirilgan tartibini so`rashini aytdi.

Bu holatda Trampga “AQShni aldash maqsadida fitna uyushtirish”, “rasmiy tartib-qoidalarga aralashish maqsadida fitna uyushtirish” ayblovlari qo`yilgan.

Aytilishicha, Tramp o`zining nomlari oshkor qilinmagan olti nafar sherigi yordamida ushbu harakatlarni sodir etgan.

2021 yil 6 yanvarda Tramp tarafdorlari Kongressni bir necha soat davomida to`sib qo`yib, Kapitoliyga hujum qilishdi. Namoyishchilar binodan chiqarib yuborilgach, kongressmenlar prezidentlik saylovlarida Jo Baydenning g`alabasini ma`qulladilar. Keyinchalik Qo`shma Shtatlarda yuzlab odamlar hujumda ishtirok etganlikda ayblanib, huquq-tartibot organlari tomonidan hibsga olindi.

    Boshqa yangiliklar