18 avgust, jumaga o`tar kechasi Moskva va Moskva viloyati aholisi portlash ovozlarini eshitishgani haqida ijtimoiy tarmoqlarda xabar berishmoqda.
Ta`kidlanishicha, portlash Moskva-Siti minoralaridan birida sodir bo`lgan. Portlashdan bir necha soniya oldin guvohlar uchib ketayotgan dronni ko`rgan, deya yozmoqda Zamon.uz.
Favqulodda xizmatlar Moskva markazidagi Expocentre pavilyonlaridan biriga qisman shikast etganini ma`lum qildi.
Shuningdek, Moskva meri Sergey Sobyaninning aytishicha, havo hujumidan mudofaa kuchlari uchuvchisiz dronlarni urib tushirgan. Va Vnukovo aeroportida bir nechta reyslar kechiktirildi.






