Istanbulda taksi haydovchisi 57 yoshli yo`lovchini o`ldirib qo`ydi. Bu haqda Istanbuldagi o`zbeklar xabar qildi.
Taksi haydovchisi erkakni “qisqa masofa” deb olib ketishdan bosh tortgan. So`ng ikkalasi o`rtasida janjal chiqqan. Oqibatda zarbalarning biridan yo`lovchi erga yiqilib, boshidan olgan jarohat sababli vafot etgan.






