Britaniyalik hamshira o`zi ishlagan kasalxonada etti nafar chaqaloqni o`ldirishda va yana olti nafarini o`ldirishga urinishda aybdor deb topildi. Bu haqda BBC xabar berdi.
Qayd etilishicha, Angliyaning shimolidagi Manchester Crown sudi 33 yoshli Lyusi Letbi o`z qaramog`idagi go`daklarga ularning qoniga va oshqozoniga havo kiritish, sut bilan ortiqcha ovqatlantirish, jismoniy tajovuz qilish va insulin bilan zaharlash orqali zarar etkazgan.
Hamshira bu ishlarni 2016 yildan boshlab qilib kelgan. U 2020 yil noyabr oyida yana hibsga olingan.
Uzoq vaqt davom etgan tergov jarayonlaridan so`ng sud joriy yilning 21 avgust kuni hukm chiqarish haqida qaror qabul qilgan.
Qayd etilishicha, shifoxona rasmiylari hamshiraga qo`yilgan ayblovlarni o`z vaqtida tekshirmagan va shifokorlarning ovozini o`chirishga uringan. Qotil hamshira tomonidan besh o`g`il va ikki qiz o`ldirilgan.
Shuningdek, rasmiylar uning manzilini tintuv qilish paytida u yozgan xatlarni topishgan.
"Men yashashga loyiq emasman. Men ularni ataylab o`ldirdim", - deb yozilgan unda.






