Turkiyaning Yozgat viloyatida yo`lovchi avtobusi bilan sodir bo`lgan YTHda 12 kishi halok bo`ldi, yana 19 kishi jarohatlangan, deb xabar berdi A Haber telekanali.
“Yozg`ot viloyatining Sorg`un tumanida yo`lovchi avtobusi jarlikka uchib ketdi”, — deyiladi xabarda.
Jabrlanganlar Sorgun davlat kasalxonasiga yotqizilgan.
Voqea joyiga borgan Yozgat gubernatori Mehmet Ali O`zkan, voqea sabablarini aniqlash uchun tergov o`tkazilishi kerakligini aytdi. Adliya vaziri Yilmaz Tunchning aytishicha, tergov allaqachon boshlangan.






